TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘istonga qo‘shimcha ravishda “Xotira poyezdi” Rossiya-Belarus loyihasida ishtirok etish taklif etildi. Bu haqda Belarus parlamenti yuqori palatasi spikeri Natalya Kochanova ma’lum qildi.
Kochanova va Rossiya Federatsiya Kengashi rahbari Valentina Matviyenko tashabbusi bilan Rossiya temir yo‘llari ishtirokida "Xotira poyezdi" ittifoq davlat loyihasi ishga tushirildi.
Unda 2022-yilda Rossiyadan 100 nafar, Belarusdan 100 nafar o‘ninchi sinf o‘quvchilari qatnashdi. O‘tgan yilda yana ikki davlat – Armaniston va Qirg‘izistondan ishtirokchilar qo‘shildi.
“Bu yil “Xotira poyezdi” bo‘lib o‘tadi, ishtirok etish uchun faqat boshqa davlatlar, jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘iston taklif qilingan va hozir biz ulardan tasdiqlashni kutmoqdamiz. O‘tgan yili Belarus va Rossiya, Qirg‘iziston va Armanistondan yigitlarimiz ishtirok etishdi. Ammo biz geografiyani kengaytirmoqchimiz”, — deya Kochanova so‘zlarini keltiradi Belarus parlamenti yuqori palatasining Telegram-kanali.
Uning ta’kidlashicha, loyiha an’anaviy tarzda 21-iyun kuni Brestda boshlanadi, shunda "22-kuni bolalar Ulug‘ Vatan urushi boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashishlari, keyin esa Belarus va Rossiya shaharlari bo‘ylab sayohat qilishlari mumkin".