Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya jangchilari Artyomovskning shimolida Ukraina kuchlari pozitsiyalarini yo‘q qildi

Shimoliy flotning minomotchilari Artyomovsk shimoliy qanotidagi Ukraina qurolli kuchlarining pozitsiyalarini yo‘q qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Shimoliy flotning 200-gvardiya motoo‘qotar brigadasining minomotchilari “Yug” qo‘shinlari guruhi tarkibida harakat qilib, Artyomovsk shimoliy qanotida Ukraina qurolli kuchlarining mustahkamlangan pozitsiyalari va piyoda askarlarini yo‘q qildi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.
Dron yordamida Ukraina harbiy xizmatchilarining kamuflyajlangan pozitsiyalari va piyoda askarlarning to‘plangan joylari aniqlangan.
Nishonlar aniqlangandan so‘ng UQK pozitsiyalariga zarba berilgan va yo‘q qilingan.
"Bizning nishonlarimiz, asosan, piyoda askarlar, blindajlar, yengil zirhli nishonlar va o‘q otish pozitsiyalari”, – dedi “Shlyambur” chaqiruv belgili minomot ekipajining yuklovchisi RIA Novosti agentligiga.
Yakshanba kuni Rossiya Qurolli kuchlari maxsus bo‘linmalari guruhi qo‘mondoni RIA Novosti agentligiga Rossiya kuchlarining janubiy guruhi harbiy xizmatchilari frontning Artyomovsk sektorida qulayroq pozitsiyalarni egallagani haqida habar berdi. Unga ko‘ra, dushman orqaga chekinadi, rus bo‘linmalari esa olg‘a siljimoqda.