TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Rossiya AQShning o‘z harbiy kontingentini Suriyadan olib chiqish niyati va intilishlarini ko‘rmayapti. Bu haqda prezidentning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Hozircha biz Amerika tomonining o‘z harbiy kontingentini olib chiqishga intilishi yoki niyatini ko‘rmayapmiz, garchi u yerda vaziyat ancha murakkablashgan. Amerikaliklar ham ancha katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqdalar, ammo u yerda qolishda davom etmoqdalar...” — dedi Lavrentyev brifingda.
Qozog‘iston poytaxtida 24-25 yanvar kunlari Suriya bo‘yicha Ostona muzokaralarining yigirma birinchi raundi bo‘lib o‘tmoqda.
Avvalroq Eronning "Tasnim" agentligi AQSh Suriya shimoli-sharqidagi Qamishli shahri aeroporti yaqinidagi "Xemo" harbiy bazasiga Iroq qarshilik kuchlari tomonidan takroriy hujumlardan so‘ng evakuatsiya qilinayotgani haqida xabar bergan edi.