O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 70 ta hamkorlik hujjati imzolandi

Pekinda O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari hamkorligi to‘g‘risida Pekin deklaratsiyasi qabul qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 70 ta hamkorlik hujjati imzolandi. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Pekinda O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi o‘tkazildi.
O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari hamkorligi to‘g‘risida Pekin deklaratsiyasi qabul qilindi.

“Tadbir yalpi majlis va 4 ta panel sessiyalardan tashkil topdi. Mazkur forumda O‘zbekiston tomonidan 37 ta, Xitoy tomonidan 110 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, jami 250 nafar ishtirokchi qatnashdi”, – dedi Nazokat Abduqunduzova.

Forum doirasida O‘zbekiston-Xitoy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan 4 ta yo‘nalishda – aniq fanlar, muhandislik, qishloq xo‘jaligi, AKT, gumanitar fanlar, tibbiyot va farmatsevtikaga bag‘ishlangan panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi.

“Ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 70 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, 5 ta oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, – deya qo‘shimcha qildi Abduqunduzova.

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturi asosida 300 dan ortiq talabalar Xitoyning ilg‘or universitetlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, Forum doirasida 100 dan ortiq O‘zbekiston talabalari uchun grant dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari hamkorligi to‘g‘risida Pekin deklaratsiyasi qabul qilindi.
Forumda O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari hamkorligi to‘g‘risida Pekin deklaratsiyasi qabul qilindi.
Deklaratsiya doirasida quyidagilarni amalga oshiriladi:
Xitoy va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida institutsional platforma yaratish;
Xitoy-Markaziy Osiyo ta’lim hamkorligi modelini shakllantirish;
akademik almashinuv dasturlarini yanada rivojlantirish;
qo‘shma tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish.
Forum doirasida aniq fanlar, muhandislik, AKT, gumanitar fanlar, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida universitetlararo uchrashuvlar tashkil etildi va qator o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Xitoy O‘zbekistonga hamkorlikda xalqaro matematika markazini ochishni taklif qildi