TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hunarmandlari Hindistonda bo‘lib o‘tadigan an’anaviy "Surajkund Crafts Mela" festivalida ishtirok etadi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Xalqaro festival 2-18 fevral kunlari Xaryana shtatidagi Faridobod shahrida o‘tkaziladi. Qayd etilishicha, unda O‘zbekistondan 15 kishilik delegatsiya ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
“Mazkur yarmarka davomida mamlakat hunarmandlari o‘z mahsulotlarini nafaqat festival mehmonlariga yetkazish, balki ularni Hindiston bozoriga eksport qilish uchun yangi hamkorlar bilan muzokaralar qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi ”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, "Surajkund Crafts Mela" xalqaro festivaliga har yili 1,5 milliondan ortiq mehmon tashrif buyuradi.
Bir necha marotaba O‘zbekiston ushbu festivalning hamkor mamlakati bo‘lgan. Jumladan, o‘tgan yil ham xalqaro tadbirda mamlakatning turizm salohiyati, boy hunarmandchilik merosi va madaniyati taqdim etilgan