TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Serbiyada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Millatlar kubogida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining barchasi shohsupaga ko‘tarildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
“Musobaqa davomida hamurtlarimiz 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldilar”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, -50 kg vazn toifasida jang qilgan Feruza Kazakova turnirning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal: -50 kg: Feruza Kazakova, -52 kg: Aziza Yakubova, -57 kg: Sitora Turdibekova, -75 kg: Aziza Zokirova.
Kumush medal: -48 kg: Saidaxon Rahmonova, -60 kg: Rayhona Qodirova, -66 kg: Navbahor Hamidova.
Bronza medal: -54 kg: Muxlisa Xushvaqtova, -63 kg: Mohinabonu Abdullayeva, -70 kg: Xadichabonu Abdullayeva, -81 kg: Oltinoy Sotimboyeva.
Ma’lumot uchun, 16-21 yanvar kunlari Serbiyaning Sombor shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida 13-Millatlar kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu turnir bokschi qizlar uchun Italiyada o‘tadigan litsenzion musobaqaga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi.