TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hududida “Shahrisabz” turistik markazi tashkil etiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bu prezidentning 2023-yil 28-noyabrdagi “Qashqadaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Proyekt turisticheskogo sentra “Shaxrisabz”.
© Informatsionnaya slujba Ministerstva ekonomiki i finansov
“Shahrisabz” turistik markazi “Miraki”, “Amir Temur”, “Uloch” va “Polmon” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi umumiy maydoni 240 gektar bo‘lgan yer uchastkasidan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqilgan master-rejaga asosan Turistik markazda zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari va turizm infratuzilmasi obyektlari, jumladan, mehmonxonalar, mehmon uylari, sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar markazlar joylashtirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, dam oluvchilarga zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida 2024–2025 yillarda Turistik markazda uchta zamonaviy mehmonxona kompleksi, ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va savdo-ko‘ngilochar markazlar, ochiq turdagi avtoturargoh hamda dor yo‘li barpo etiladi.