TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. AQSh va uning malaylarining KXDR xavfsizligiga tahdid yaratish siyosati mintaqadagi muammolarni hal qilishga yordam bermaydi, Moskva Koreya yarimoroli atrofida keskinlikning kuchayishiga olib keladigan qadamlarni tashlashdan bosh tortishga chaqirmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Qayd etish kerakki, AQSh va uning mintaqaviy malaylari KXDR xavfsizligiga tahdid yaratish siyosati ijobiy yo‘nalishdagi taraqqiyotga hech qanday hissa qo‘shmaydi. Biz ziddiyatning kuchayishiga olib keladigan har qanday qadamlardan voz kechishga chaqirishda davom etamiz”, — dedi Lavrov Moskvada KXDR TIV rahbari bilan muzokaralar chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Koreya yarim oroli muammolarini har tomonlama hal etish tarafdori.
“Biz mavjud muammolarni har tomonlama, adolatli hal etish tarafdori bo‘lgan prinsipial pozitsiyamizni yana bir bor tasdiqlaymiz. Biz doimo Shimoliy-Sharqiy Osiyoda mustahkam tinchlik va barqarorlikka erishish uchun hech qanday shartlarsiz muzokaralar jarayonini yo‘lga qo‘yish tarafdori bo‘lib kelganmiz. Rossiya mustaqil ravishda va XXR bilan birgalikda BMT Xavfsizlik Kengashiga tegishli takliflarni kiritdi. Ular muzokaralar stolida”, — dedi Lavrov.