Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Su-25 Donesk yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga zarba berdi

Rossiya mudofaa vazirligi: Donesk yo‘nalishida dushmanning tayanch puktlari, zirhli texnikasi va ishchi kuchiga zarba berildi.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiya aerokosmik kuchlarining Su-25 hujum samolyotlari Ukraina Qurolli kuchlarining Donesk yo‘nalishidagi bo‘linmalariga zarba berdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

“Su-25 samolyotlariga hujumchi samolyot ekipajlari maxsus harbiy operatsiya zonasidagi Donesk yo‘nalishida dushmanning tayanch puktlari, zirhli texnikasi va ishchi kuchiga boshqarilmaydigan samolyot raketalari bilan zarba berishdi”, —deyiladi xabarda.

Vazirlikda ta’kidlanganidek, nishonlarning barchasi muvaffaqiyatli yakson qilingan.
"Jimmi" chaqiruv belgisi bilan Su-25 uchuvchisining aytishicha, snaradlar nishonga tekkan. Samolyot qurollaridan foydalangandan so‘ng, ekipajlar raketaga qarshi manyovrni amalga oshirdi va o‘z aerodromiga qaytdi.
Rossiyaning “Drel”i jangga shay