Germaniya Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda — OAV

Bild: Germaniya Ukraina qurolli kuchlari mag‘lubiyatga uchragach, Rossiya bilan NATO urushiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Germaniya NATO va Rossiya o‘rtasida urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda, Germaniya Mudofaa vazirligi ssenariysiga ko‘ra, u Ukraina Qurolli kuchlari mag‘lubiyatga uchraganidan keyin 2025-yilning yozida boshlanishi mumkin. Bu haqda "Bild" nashri Bundesverning maxfiy deb hisoblangan hujjatiga tayanib ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“X kuni” Bundesverning maxfiy hujjatiga ko‘ra, NATO bosh qo‘mondoni sharqiy qanotga 300 ming qo‘shin, shu jumladan, 30 ming Bundesver askarini o‘tkazish to‘g‘risida buyruq beradi”, — deyiladi nashrda.

Nashrning yozishicha, eskalatsiya 2024-yil fevral oyida Rossiyaning Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyasiga faol hujumi boshlanishi bilan boshlanishi mumkin, bu maqolaga ko‘ra, o‘sha yilning iyuniga qadar Ukraina armiyasining chekinishi bilan yakunlanadi.
"Rossiya va G‘arbning yuz minglab NATO askarlarini jo‘natish va 2025-yilning yozida muqarrar urush boshlanishi bilan yakunlangan harakatlari aniq joy va oygacha tasvirlangan (ssenariyda)”, — deyiladi maqolada.
Nashrning yozishicha, nemis harbiylari Belarus va Kaliningrad viloyati o‘rtasidagi Suvalki yo‘lagini to‘qnashuv bo‘lishi mumkin bo‘lgan joy deb hisoblamoqda. Ammo maqola mualliflari bu faraziy kuchayish qanday tugashi haqidagi savolni ochiq qoldirishdi.
Rossiya NATOning hech bir davlatiga tahdid solmasligini, biroq uning manfaatlari uchun potensial xavfli harakatlarni e’tiborsiz qoldirmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Shu bilan birga, u muloqot uchun ochiq, ammo teng asosda qoladi va G‘arb qit’ani harbiylashtirish kursidan voz kechishi kerak.
Germaniyada Ukrainadagi mojaro tugashi bo‘yicha kutilmagan muddatlar e’lon qilindi
NATOning Rossiya bilan to‘qnashuvdagi mag‘lubiyatini oldindan aytish mumkin