TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Okinava orolidagi Nago shahri yaqinida AQShning yangi harbiy bazasining kelajakda qurilishi joyida xuddi shu orolda joylashgan Futenma bazasini u yerga ko‘chirish uchun tayyorgarlik ishlari boshlandi.Bu haqda RIA Novosti NHK telekanaliga tayanib xabar berdi.
Dekabr oyi oxirida Yaponiya hukumati Futenma bazasini bu yerga ko‘chirish uchun Okinava prefekturasi o‘rniga Nago hududida yangi AQSh bazasini qurishni ma’qullash imkoniyatidan birinchi marta foydalangan. Shunday qilib, qurilishni boshlash uchun zarur bo‘lgan dengiz tubini to‘ldirish bo‘yicha ishlarni bajarish mumkin bo‘ldi.
Kutilganidek, 12-yanvar kuni Mudofaa vazirligi Oura ko‘rfazi hududida tuproqni mustahkamlash ishlarini boshlaydi. Bunga tayyorgarlik ishlari dushanba kuni boshlandi: dengiz hududi o‘rab olingan, u yerga qurilish kemasi va g‘avvoslar yetib kelgan.
Xususan, qurilish ishlari davomida dengiz ifloslanishining oldini olish uchun himoya plonka o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Mudofaa vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, barcha zarur ishlar, tartib-qoidalar va qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng bazani 12-yildan keyin ko‘chirish mumkin bo‘ladi.