"Solnsepok" Kupansk yaqinidagi Ukraina Qurolli kuchlarining tayanch punktlarini yo‘q qildi

"Solnsepok" Ukraina Qurolli kuchlari mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalarining mustahkamlangan vzvod tayanch puntklarini yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiyaning "Zapad" qo‘shinlari guruhining "Solnsepok" og‘ir o‘t ochish tizimi ekipaji Ukraina Qurolli kuchlarining Kupansk yo‘nalishidagi vzvod tayanch puntklarini yo‘q qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi jurnalistlarga xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Kupansk yo‘nalishida "Zapad" qo‘shinlar guruhi qo‘shma qurolli armiyasining TOS-1A "Solnsepok" og‘ir o‘t ochish tizimi ekipaji Ukraina Qurolli kuchlari mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalarining mustahkamlangan vzvod tayanch punktlarini yo‘q qildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Aniqlik kiritilishicha, "Solnsepok" hujumni taxminan besh kilometr masofadan turib amalga oshirgan.

"Hech kimga sir emaski, dushman o‘z mustahkamlangan punktlarini qazimoqda, ularga beton quymoqda, qanday tarzda bo‘lsa ham o‘z pozitsiyalarini ushlab turishga harakat qilmoqda. Bizning termobarik snaradlarimiz shu kabi maqsadlar uchun ham yaratilgan. Ular zarbadan keyin ortiqcha bosim hosil qiladi va atrofini olov bilan yondiradi”, – dedi "Cherniy" chaqiruv belgili "Solnsepok" komandiri.

Mudofaa vazirligining 8-yanvar kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bir kun ichida Ukraina Qurolli kuchlari Kupansk yo‘nalishida 110 dan ortiq harbiy xizmatchilarini yo‘qotgan.
"Solnsepok"ning issiq nafasi dushmanni okop ichida ham yo‘q qilmoqda - video