Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi

Surxondaryo viloyatiga "ATR-72", "Let L-410" va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. "Toshkent – Termiz", "Termiz – Sariosiyo", "Sariosiyo – Toshkent" yo‘nalishida ilk sinov parvozlari amalga oshirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Uzbekistan airways” AJ va “Uzbekistan airports” AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh 5-yanvar kuni "Let L-410" havo kemasida Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirdi.
Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi
Ishchi guruh Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlarida foydalanish talablari, mavjud infratuzilma, Sariosiyo aerodromining "ATR-72" havo kemalarini qabul qilish imkoniyatlarini o‘rgandi.
Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi
Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xalqaro normalariga muvofiq yo‘lovchi terminalini barpo etish va zaruriy infratuzilmani yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
"Belgilangan vazifalar amalga oshirilganidan so‘ng Turizm qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan hududga jalb etilgan turistlarni va mahalliy aholini aviamobilligini ta’minlash bo‘yicha "ATR-72", "Let L-410" va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi", — deyilagan xabarda.
Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tiklash, kelgusi yildan Sariosiyodan Samarqand va Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish, Termizdan Istanbul, Farg‘ona, Buxoro va Xorazmga reyslarni ko‘paytirish topshirilgan edi.