AQShda strategik bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi

Bombardimonchi samolyoti aerodromga qo‘nmoqchi bo‘lgan vaqtda halokatga uchragan. Harbiylar hodisa sabablarini aniqlashga kirishgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Janubiy Dakotada AQSh Harbiy-havo kuchlarining B-1B Lancer strategik bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “USA Today” harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lumotlari darak berdi.
"To‘rt ekipaj a’zosi samolyot bortida o‘quv mashg‘ulotlari uchun bo‘lgan va xavfsiz tarzda katapulta qilingan", – deyiladi materialda.
Bombardimonchi samolyoti aerodromga qo‘nmoqchi bo‘lgan vaqtda halokatga uchragan. Harbiylar hodisa sabablarini aniqlashga kirishgan.
O‘tgan yil oxirida Amerikaning F-16 qiruvchi samolyoti Janubiy Koreyada halokatga uchragan edi.
B-1B Lancer – o‘zgaruvchan qanotli tezkor strategik bombardimonchi bo‘lib, samolyot 1970 va 1980-yillarda Rockwell International tomonidan ishlab chiqilgan. Bombardimonchining maksimal tezligi soatiga 2,3 ming kilometrni tashkil qiladi. Lancer'ning maksimal uchish massasi 216 tonnani, jangovar radiusi esa 5,5 ming kilometrni tashkil qiladi.