Ukraina Qurolli kuchlari komandiri Rossiya armiyasining ustunligini tan oldi

Ukraina qurolli kuchlari komandiri Rollo: bu juda jiddiy raqib. Dunyodagi aksariyat qo‘shinlardan jiddiyroq.
Sputnik
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Rossiya armiyasi Ukrainanikiga qaraganda yaxshiroq jihozlangan. Bu haqda uchinchi hujum brigadasi batalon komandiri Rollo ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti "Strana.ua" nashriga tayanib.
“Rossiya armiyasi Ukrainanikidan yomon emas, hatto undan ham yaxshiroq. Ukrainanikiga qaraganda texnologik jihatdan yaxshi jihozlangan, ko‘proq texnika, yaxshi qurollar, yaxshi jihozlar”, — dedi u.
Uning fikricha, ruslar armiyani jihozlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham yaxshiroq davlat dasturlariga ega.
“Raqibni kam baholamaslik kerak, bu juda jiddiy raqib. Dunyodagi aksariyat qo‘shinlardan jiddiyroq”, — deya xulosa qildi u.