TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Umuman olganda, Rossiyaga AQShdagi prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qozonishining ahamiyati yo‘q, hokimiyatda respublikachilar bilan Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishi mumkin deb o‘ylash soddalik bo‘lardi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Amerika siyosiy isteblishmenti, qaysi partiyaga mansubligidan qat’i nazar, Rossiyani dushman va ekzistensial tahdid deb biladi. Bu boradagi mavjud partiyalararo konsensusni hisobga olsak, Respublikachilar partiyasidan nomzod g‘alaba qozonsa, munosabatlarning yaxshilanishiga umid qilish soddalik bo‘lardi”, — dedi TIV rahbari.
U shuningdek, "umuman olganda, bizga AQSh prezidentligi uchun kurashda kim g‘alaba qozonishining ahamiyati yo‘q", deya qo‘shimcha qildi.
AQShda prezidentlik saylovi 2024-yil 5-noyabrga belgilangan. So‘rovlar sobiq prezident Donald Tramp Respublikachilar partiyasining praymerizda yaqqol favorit ekanligini ko‘rsatmoqda. Unga AQShning amaldagi prezidenti Bayden qarshi chiqishi kutilmoqda. So‘rovlarga ko‘ra, Tramp 2024-yilda g‘alaba qozonishi mumkin.