TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni Yangi yil bayrami bilan tabrikladi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.
“Ishonchim komilki, konstruktiv muloqot va turli sohalardagi istiqbolli ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yaqin hamkorlikdagi ishlar kelgusi yilda ham davom etadi, shuningdek, MDH, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, shubhasiz, har ikki davlat fuqarolarining asosiy manfaatlariga javob beradi va Yevroosiyo makonida xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga mos keladi”, — deyiladi bayram tabrigida.
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Moskvaga rasmiy tashrifi Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari mustahkamligini tasdiqlaganini ta’kidladi.