Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya desantchilari Dneprda Ukraina Qurolli kuchlarining kuzatuv punktini yo‘q qilishdi

Ta’kidlanishicha, havo-desant tuzilmalaridan birining qo‘mondonligi “Kornet” kuzatuv punktini yo‘q qilishga qaror qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. “Dnepr” qo‘shinlari guruhining havo-desant kuchlari bo‘linmalari Xerson viloyatida Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Ukraina Qurolli kuchlarining kuzatuv punktini “Kornet” tankga qarshi raketa majmuasi yordamida yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi jurnalistlarga xabar berdi.

“Razvedkachilar Ukraina qurolli kuchlari tomonidan nazorat qilinadigan daroning o‘ng qirg‘og‘idagi Ukraina qo‘shinlarining kuzatuv punktini aniqlashgan. Shu punktdan dushman qarama-qarshi qirg‘oqda joylashgan pozitsiyalarimizni doimiy ravishda kuzatib borgan, shuningdek, artilleriya qurollarining nishonlarini yo‘naltirishgan va FPV-dronlarni ishga tushirishgan”, — deya ma’lum qildi Mudofaa vazirligi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, havo-desant tuzilmalaridan birining qo‘mondonligi “Kornet” kuzatuv punktini yo‘q qilishga qaror qilgan.
“Qurilma zudlik bilan o‘q otish holatiga o‘tdi, ko‘rsatilgan nishonga boshqariladigan raketani uchirdi va kuzatuv punktini aniq zarba bilan yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Akatsiya” Krasniy Liman yo‘nalishidagi Ukraina pozitsiyalarini yo‘q qildi