TOShKENT, 27 dek — Sputnik. “Shimol-Janub” loyihasi tez orada ishga tushadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Sergey Lavrov Hindiston tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar bilan muzokaralar olib bordi.
“Shimol-Janub yo‘lagiga kelsak, ikkinchi turtkiga ehtiyoj qolmasa kerak, u allaqachon ildam ishga tushirilmoqda. Loyiha unda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarda katta ishtiyoq uyg‘otdi va yaqin kelajakda u albatta amalga oshiriladi", — dedi Rossiya vaziri.
“Bu loyiha ham bizning manfaatlarimizga, ham butun jahon iqtisodiyoti manfaatlariga javob beradi. Bu bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir”, — dedi Hindiston tashqi ishlar vaziri.
“Shimol-Janub” transport koridori Skandinaviya davlatlari, Rossiya, Eron orqali o‘tib Hindistongacha yetib boradi. Uning uzunligi 7200 km bo‘lib, u an’anaviy Sues kanali orqali o‘tgan yo‘nalishdan ikki baravar qisqa.