MDHning norasmiy sammiti: muhokama etilgan masalalar, Mirziyoyev va Putin uchrashuvi

O‘zbekiston 20 dan ortiq tarmoq bo‘yicha hamkorlik organlariga hamda ustuvor soha va tarmoqlar bo‘yicha 24 ta muhim bitimga qo‘shildi.
Sputnik
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuvda 2023-yilgi ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin
MDH doirasida ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Hamdo‘stlikda faol ishtirok etmoqda. Mamlakat 20 dan ortiq tarmoq bo‘yicha hamkorlik organlariga hamda ustuvor soha va tarmoqlar bo‘yicha 24 ta muhim bitimga qo‘shildi.
MDH mamlakatlari kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha loyihalar portfeli 30 milliard dollardan oshdi va deyarli barcha tarmoqlarni qamrab olgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

"Davlatimiz rahbari MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni tubdan kengaytirish va hamkorlikning amaldagi institutsional mexanizmlari samaradorligini oshirish zarurligini alohida qayd etdi", — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashdi.
Yetakchilar Sankt-Peterburg tarixiy obidalari bilan ham tanishishdi.
MDH bayroqlari
Shuningdek, MDH norasmiy sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda shu yilning 5-7 oktabr kunlari Rossiyaga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
"Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atini saqlab qolish hamda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni, shu jumladan ikki mamlakat hududlari darajasida ta’minlash muhimligi qayd etildi", — deyiladi xabarda.
Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari Putin bilan gaz sohasida hamkorlik mavzusini muhokama qilgan.

"(U) juda va juda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. "Gazprom" revers loyihalarni juda samarali amalga oshirdi", — dedi u.

1 / 2
2 / 2
Davlat rahbari amaliy tashrifini yakunlab, “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston va YeOII
Sankt-Peterburgdagi YeOII sammiti: kelishuv va imzolangan hujjatlar