TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Kiyev xorijiy razvedka xizmatlarining bevosita ko‘magi bilan ochiqdan-ochiq davlat terrorizmi yo‘liga o‘tdi, u fuqarolik obyektlariga, transport va energetika infratuzilmasiga qarshi sabotaj, tinch aholi va jamoat arboblariga qarshi terrorchilik hujumlarini amalga oshirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Biz bilamizki, Kiyev rejimi xorijiy razvedka xizmatlarining bevosita ko‘magida ochiqdan-ochiq terrorchilik usullari, aslida davlat terrorizmi yo‘liga o‘tgan. Bular fuqarolik obyektlariga, transport va energetika infratuzilmasiga qarshi sabotaj, tinch aholiga, hukumat amaldorlariga va jamoat arboblariga qarshi terrorchilik xurujlaridir”, — dedi u Rossiya xavfsizlik idoralari kuni munosabati bilan yo‘llagan videomurojaatida.
Davlat rahbari keng ko‘lamli texnik va tezkor imkoniyatlardan foydalangan holda, barcha sohalarda terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish, Mudofaa vazirligi va boshqa idoralar bilan faol hamkorlik qilishga chaqirdi.
Xorijiy razvedka xizmatlarining Rossiyadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikka putur yetkazishga urinishlariga qat’iy chek qo‘yish kerak, dedi Putin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xavfsizlik idoralarida mamlakat va uning fuqarolarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar bor.