Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi

Kafti ochiq qo‘l ko‘rinishida metalldan ishlangan ushbu monument o‘n ikki metrga teng.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Bugun poytaxtdagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi
Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirok etdi.
Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi
Tadbirda BMT bosh kotibining yordamchisi Aleksandr Zuyev va xorijiy mamlakatlarning rasmiy shaxslari ham qatnashdi.
Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi
“Kafti ochiq qo‘l ko‘rinishida metalldan ishlangan ushbu o‘n ikki metrlik kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan mutlaq toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi”, — deyiladi xabarda.
Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy amaliy tashrif bilan Toshkentda bo‘lib turibdi. Bugun O‘zbekiston va Qatar yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston 2030-yilgacha korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasini ishlab chiqadi