TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 21-dekabr kuni soat 15.00 da Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Zligostev Konstantin Nikolayevich
© Sputnik
Savdo vakili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi 2023-yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy munosabatlar yakunlari haqida gapiradi, shuningdek, 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar bilan o‘rtoqlashadi.
Bundan tashqari, Konstantin Zligostev quyidagi savollarga javob beradi: nima uchun O‘zbekiston rossiyalik investorlar uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda va investitsiyalar uchun qanday yangi sohalar yaratilishi mumkin, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash nima hisobiga 20 milliard dollarga yetishi mumkin, keyingi INNOPROMGA qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda va u qanday bo‘ladi.
Ishtirok etishdan manfaatdor OAV vakillari +99890 984 984 9, (Toshkentdagi Sputnik matbuot markazi produseri Ramiz Baxtiyarov, @RamizBaxtiyarov) raqamiga murojaat qilishlari mumkin.