O‘zbekistonda yangi gaz zaxiralari aniqlandi

Oxirgi yillarda geologiya-qidiruv ishlari 2-3 kilometrdan 4-5 kilometr chuqurlikkacha tushirildi. Buning natijasida yangi gaz zaxiralari aniqlandi,
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yangi gaz zaxiralari aniqlandi, qo‘shimcha 4,4 milliard kub metr gaz qazib olindi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha axborot berildi
Qayd etilishicha, shu yilning noyabr oyida prezident “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lganida istiqbolli geologiya maydonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha vazifalar qo‘ygan edi. Yig‘ilishda soha mutasaddilari ushbu vazifalar ijrosi, 2024-yilga mo‘ljallangan geologiya-qidiruv va ishlab chiqarish dasturi bo‘yicha axborot berdi.
Qayd etilganidek, bu ishlar ikki yo‘nalishda – ham mavjud konlarda gaz qazib olish hajmini saqlab qolish, ham yangi zaxiralarni aniqlash bo‘yicha olib borilmoqda.
“Oxirgi yillarda geologiya-qidiruv ishlari 2-3 kilometrdan 4-5 kilometr chuqurlikkacha tushirildi. Buning natijasida yangi gaz zaxiralari aniqlandi, qo‘shimcha 4,4 milliard kub metr gaz qazib olindi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilinib, ko‘plab istiqbolli quduqlarni ishga tushirish imkoni topildi. Kelgusi yilda 3,5 ming kvadrat kilometr maydonda seysmik ishlar olib borish hamda yangi qidiruv quduqlari qurish rejalashtirilgan.
Geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha axborot berildi
Yig‘ilishda buning uchun xorijiy investitsiyalar jalb etish, tarmoq korxonalarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Ilg‘or texnologiyalarni olib kelib, 6-7 kilometr chuqurlikda geologik burg‘ulashga o‘tish masalalari muhokama qilindi.
Aytilishicha, energiya manbalarini izchil yetkazib berish, shu bilan birga, hududlar va yirik korxonalar kesimida to‘lov intizomini ta’minlash muhim.
O‘zbekistonda neft zaxiralari ko‘p, biroq ularni qazib olish nega qiyin?