Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiyning AQShga qadami Ukrainani og‘ir ahvolga solib qo‘ydi — OAV

Maqolada ta’kidlanishicha, Bayden ma’muriyati Ukrainaning yuqori martabali amaldorlariga kelgusida siyosiy bosimga yo‘l qo‘ymaslik uchun Kongressdagi respublikachilar bilan aloqalarni to‘xtatishga bir necha bor ko‘rsatma bergan.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning AQShga tashrifi Kiyev uchun vaziyatni yanada yomonlashtirdi, deb yozadi “Foreign Policy” nashri.
“Respublikachilar chegaradagi inqiroz sharoitida Ukrainani moliyalashtirishni davom ettirishni istamayapti. Kongressmenlar e’tibori shu muammoga qaratilgan bir paytda, Vashingtonga pul so‘rash uchun kelgan Zelenskiy vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda”, - deyiladi xabarda.
Maqolada ta’kidlanishicha, Bayden ma’muriyati Ukrainaning yuqori martabali amaldorlariga kelgusida siyosiy bosimga yo‘l qo‘ymaslik uchun Kongressdagi respublikachilar bilan aloqalarni to‘xtatishga bir necha bor ko‘rsatma bergan.
“Oq uy Zelenskiydan Kapitoliy tepaligi bilan Zoom qo‘ng‘iroqlarini to‘xtatishni so‘radi. Bundan tashqari, Bayden ma’muriyati Kongress yetakchilarining Kiyevda Ukrainaning yuqori martabali amaldorlari bilan muntazam aloqa o‘rnatishga bo‘lgan boshqa urinishlariga ham to‘sqinlik qildi”, - deb yozadi muallif.
Ukrainaning qarshi hujumi 4-iyun kuni boshlandi, biroq Ukraina Qurolli kuchlari hech qanday yo‘nalishda sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmadi. Vladimir Putin ta’kidlaganidek, “qarshi hujum” muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.
Shu fonda G‘arb ommaviy axborot vositalari AQSh va Yevropa Ittifoqi Ukraina inqirozidan charchay boshlagani, Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlash zaiflashayotgani haqida tobora ko‘proq yozmoqda. NBC xabariga ko‘ra, Amerika va Yevropa rasmiylari hozirdanoq Kiyev rasmiylari bilan Rossiya bilan tinchlik muzokaralarining mumkin bo‘lgan oqibatlarini, jumladan, kelishuvga erishish uchun sobiq Sovet respublikasi nimalardan voz kechishi mumkinligini muhokama qilmoqda.