Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil

Saylovchilar guruhi Putinning Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilishini qo‘lladi

Putin o‘tgan hafta prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini e’lon qilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Saylovchilar guruhi Vladimir Putinning 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan Rossiya prezidenti sayloviga nomzod sifatida ko‘rsatilishini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri.
“Kim Rossiya prezidenti lavozimiga Vladimir Vladimirovich Putin nomzodini qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lsa, ovoz bering”, - deb so‘radi Xalq fronti ijroiya qo‘mitasi rahbari Mixail Kuznetsov.
Ovoz berishdan so‘ng u saylovchilar guruhi Putin nomzodini ko‘rsatish bo‘yicha bir ovozdan qaror qabul qilganini ma’lum qildi.
Putin o‘tgan hafta prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini e’lon qilgan edi. Bungacha u to‘rt marta: 2000, 2004, 2012 va 2018-yillarda prezidentlik lavozimiga saylangan. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar qabul qilingandan so‘ng u 2024-yilda nomzod sifatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Federatsiya Kengashi Rossiya prezidenti saylovini 2024-yil 17-martga belgiladi. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi qaror qabul qildi, unga ko‘ra ovoz berish uch kun – 15-17 mart kunlari davom etadi.