O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda ishsizlar soni kamaydi — tafsilotlar

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida ishsizlar soni ishchi kuchining 0,9% ni tashkil qilmoqda. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 1 foizni tashkil etgan.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) ishsizlar soni yil davomida 11,9 foizga kamaydi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) xabar berdi.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarining bandlik xizmatlarida ro‘yxatga olingan ishsizlar soni 2023-yil oktabr oyi oxiriga kelib 827,2 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan 11,9 foizga kamaygan”, — deyiladi hisobotda.
Shunday qilib, ishsizlar soni ishchi kuchining 0,9% ni tashkil qiladi. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 1 foizni tashkil etdi, deya qo‘shimcha qilgan YeIK.
Xalqaro mehnat tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023-yilning ikkinchi choragida YeOII mamlakatlarida umumiy ishsizlik darajasi 3,5 foizni tashkil qilgan.
Biroq vaziyat mamlakatlarga qarab farq qiladi. Shunday qilib, Armanistonda 2023-yilning ikkinchi choragida ishsizlik darajasi 11,7 foizga, Belarusda shu davrda 3,4 foizga, Qozog‘istonda 4,8 foizga, 2023-yilning uchinchi choragida Qirg‘izistonda 4,9 foizga, 2022-yilda esa 4,9 foizga yetdi. Rossiyada esa joriy yilning uchinchi choragida - 3%.