Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi

Dohada O‘zbekiston elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Dohada O‘zbekiston elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, mamlakatlar rahbarlari sa’y-harakatlari natijasida ikki tomonlama munosabatlar rivojlanmoqda.
Shu yil may oyida Toshkentda Qatar davlati diplomatik vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.
Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi

“Shubhasiz, ushbu elchixonalar aloqalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deb yozadi Saidov.

Ma’lumot uchun, vazir Dohada bo‘lib o‘tayotgan “Umumiy kelajakni bunyod etish” mavzusida bo‘lib forumida ishtirok etdi.
Shuningdek, Qatar Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi Vasiylik kengashi rahbari Ali Bin Fetais Al-Marri bilan uchrashdi. Unda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha keng ko‘lamli masalalar, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar muhokama qilindi.
Qolaversa, Qatar Islom banki ijrochi direktori janob Bassel Gamal bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar kun tartibidan investitsiya loyihalarini ilgari surish, bilim almashinuvini tashkil etish, zamonaviy bank va moliya xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma vositalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.