TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiya harbiylari Zolotaya Niva va Novodonesk yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining Janubiy Donesk yo‘nalishida rotatsiya amalga oshirishga bo‘lgan uchta urinishning oldini oldi. Bu haqda “Vostok” guruhi matbuot markazi rahbari Aleksandr Gordeyev RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Vostok” qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari Janubiy Donesk yo‘nalishida jangovar topshiriqlarni bajarishda davom etmoqda. Faol mudofaa vaqtida Ukraina Qurolli kuchlarining 58-moto-o‘qchi brigadasining Zolotaya Niva va Novodonesk hududlarida uch marta rotatsiya qilishga urinishlari artilleriyadan o‘qqa tutilib, to‘xtatildi”, — dedi u.
Bundan tashqari, artilleriya Ukraina Qurolli kuchlarining Urojayniy hududidagi 58-moto-o‘qchilar brigadasining vaqtincha joylashtirish punktlariga hamda Novomixaylovkadagi 79-havo hujumi brigadasining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
O‘z navbatida, operativ-taktik aviatsiyasi Paraskoviyevka hududidagi Ukraina pozitsiyalariga hujum qildi, deya qo‘shimcha qildi ofitser.
Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Janubiy Donesk yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari taxminan 80 kishi va to‘rtta texnikani tashkil qilgan.