O‘zbekistonlik Dilorom Turdiqulova Parij-2024 Olimpiadasida hakamlik qiladi

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik Dilorom Turdiqulova Parij-2024 Olimpiadasida hakamlik qiladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida xalqaro toifadagi hakam Dilorom Turdiqulova ham bor.
Dilorom Turdikulova budet sudyey na Olimpiade Parij-2024
"Turdiqulova bo‘lajak Olimpiadada shpaga yo‘nalishidagi bellashuvlarni boshqarib boradi", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Turdiqulova 2018-yildan beri xalqaro musobaqalarda faoliyat olib bormoqda. U ko‘plab nufuzli turnirlar, Osiyo o‘yinlari va qit’a chempionatida ishlagan. Joriy yil Milanda o‘tgan dunyo birinchiligida ham shpaga yo‘nalishidagi final bahslarida referelik qildi.
Toshkentlik hakam qilichbozlik bo‘yicha dunyoning eng kuchli hakamlar uchtaligiga kiritildi