Inson huquqlari himoyasi uch barobar oshdi — Asadov Konstitutsiya haqida

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 31-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
MOSKVA, 8 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov 2023-yilda qabul qilingan o‘zgartishlardan so‘ng asosiy qonun qanday o‘zgargani haqida gapirib berdi.
"Jamoatchilik muhokamasi va takliflar kiritish natijasida asosiy qonunning 65 foizi yangilandi, inson huquqlari va inson huquqlarini himoya qilishga oid normalar qariyb 3 barobar oshdi. Aytishimiz mumkinki, yangilangan Konstitutsiyamiz inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq xalqaro amaliyotning barcha zamonaviy tendensiyalari, talab va normalarini o‘zida mujassam etgan", - dedi Asadov.
Davra suhbatida MDH parlamentlararo assotsiatsiyasi vakillari, RF Jamoatchilik palatasi a’zolari, shuningdek, yetakchi OTM va OAV vakillari ishtirok etdi.
Konstitutsiya inson huquqlarining barcha xalqaro standartlariga mos keladi - Asadov