Rossiya BMTda islomofobiyaga qarshi bayonot qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi

Ulyanov: Rossiya BMTning Venadagi maydonida islomofobiyaga qarshi bayonot tayyorladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Rossiya BMTning Vena shahridagi binosida islomofobiya, jumladan, Qur’onni yoqish vahshiy harakatlarga qarshi hamda boshqa diniy e’tiqodlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish to‘g‘risida jamoaviy bayonot qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Venadagi xalqaro tashkilotlardagi vakili Mixail Ulyanov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Biz BMTning Vena shahridagi maydonida islomofobiya, jumladan, Qur’onni yoqish vahshiy harakatlarga qarshi hamda boshqa diniy e’tiqodlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish to‘g‘risida jamoaviy bayonot qabul qilish tashabbusi bilan chiqdik”, — deb yozadi Ulyanov.

Rossiya Federatsiyasining doimiy vakilining aniqlik kiritishicha, bayonot 8-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan BMTning jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy sudlov bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishida e’lon qilinishi rejalashtirilgan. "Qancha hammuallif yig‘ilishini ko‘ramiz", — deya qo‘shimcha qildi diplomat.
Shvetsiyada Qur’onni yoqish nima uchun taqiqlanmasligi ma’lum qilindi
Xitoy Qur’onni yoqib yuborilishini keskin qoraladi
BMT kengashi Qur’onni tahqirlashni qoraladi
Qur’oni karimni yoqib yuborishdek yovuz harakatlarni keskin qoralaymiz – Mirziyoyev