Boks: o‘zbekistonlik o‘smirlar jahon chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi bo‘lishdi

O‘zbekiston terma jamoasi jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘smir bokschilar jahon chempionatida 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Armaniston poytaxti Yerevan shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.

"Ular umumjamoa hisobida Rossiya va Armanistondan keyin uchinchi o‘rinni egallashdi", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, so‘nggi kun dasturida o‘tkazilgan finallarda ringga ko‘tarilgan 3 nafar bokschi ham g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
1 / 6

O‘zbekistonlik o‘smir bokschilar jahon chempionatida 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi

2 / 6

O‘zbekistonlik o‘smir bokschilar jahon chempionatida 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi

3 / 6

O‘zbekistonlik o‘smir bokschilar jahon chempionatida 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi

4 / 6

O‘zbekistonlik o‘smir bokschilar jahon chempionatida 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi

5 / 6

O‘zbekistonlik o‘smir bokschilar jahon chempionatida 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi

6 / 6

O‘zbekistonlik o‘smir bokschilar jahon chempionatida 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi

G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-57 kg: Sevara Mamatova
+80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova
-60 kg: Feruzjon Sa’dullayev
+80 kg: Islom Salihov
Kumush medal:
-46 kg: Maftuna Musurmonova
-75 kg: Maftuna Yangiyeva
-63 kg: Hikmatillo O‘lmasov
Bronza medal:
-46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
-66 kg: Akbar Ahmadov
-50 kg: Husan Qahhorov
-70 kg: Norbek Abdullayev
Ma’lumot uchun, 24-noyabr kuni Yerevanda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlandi va 4-dekabr kuni yakunlandi. Turnirda 51 davlatdan 357 nafar bokschi ishtirok etdi.
Boks bo‘yicha JCh: 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi