Zelenskiy Zalujniyga qarshi choralar ko‘ra boshladi

Zalujniy aholi orasida obro‘yga ega va bu bo‘lajak saylovlarda Zelenskiy karyerasiga “xavf solishi” mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Zelenskiy ofisi viloyat rahbarlariga general Valeriy Zalujniy bilan har qanday muloqotni to‘xtatishni buyurdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Zelenskiy ma’muriyati viloyat rahbarlariga Ukraina bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy bilan har qanday muloqotni to‘xtatishni buyurdi. Bundan maqsad — Zalujniy atrofida ortiqcha ajiotaj uyg‘otmaslik", - deyiladi xabarda.

Mahalliy jurnalistlar xulosasiga ko‘ra, Zalujniy aholi orasida obro‘yga ega va bu bo‘lajak saylovlarda Zelenskiy karyerasiga “xavf solishi” mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin general Zalujniyning yaqin do‘sti va yordamchisi Chastakov sovg‘a qilingan granata portlashi oqibatida qurbon bo‘lgan edi.