TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston Senati 47-yalpi majlisida majoritar saylov tizimidan aralash tizimga o‘tish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni ma’qulladi.
"Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, endi u imzolash uchun davlat rahbariga yuboriladi.
Senatga tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatda Saylov kodeksi hamda yettita qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda saylov tizimi majoritar-proporsional shaklga o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish haqidagi farmonni 8-may kuni imzolagan edi. Yangi qonun Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan 31-oktabr kuni ma’qullangan.
Yangi tartibga ko‘ra, Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 75 nafari — proporsional saylov tizimi, ya’ni partiya nomzodlari ro‘yxati bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanadi. Qolgan 75 nafari esa bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha nomzodga ovoz berish orqali saylanadi. Ular biror partiyaga tegishni bo‘lishi kerak emas.
O‘zbekistonda navbatdagi parlament saylovlari 2024-yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.