TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Namangan viloyatida ilk bor xalqaro zotdor hayvonlar va parrandalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu xaqida viloyat hokimligi matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tadbirda 250 dan ortiq mahalliy va xorijiy tadbirkorlar 1000 dan ortiq chorva hayvonlari va parrandalar bilan ishtirok etishdi.
Ular orasida qo‘shni respublikalar Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlaridan chorvachilik va parrandachilik bilan shug‘ullanadigan yirik tadbirkorlar ham bor.
Ko‘rgazmada g‘oliblar 3 ta nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi. Barcha nominatsiyalarning birinchi o‘rin g‘oliblariga 30 mln so‘m miqdorida pul mukofotlari berildi.
"Eng zotdor qo‘y" nominatsiyasi:
1-o‘rin - Akramjon Mashrabovga. Pul mukofoti 30 mln so‘m;
2-o‘rin - Abduvohid Ravshanov. Pul mukofoti 20 mln so‘m;
3-o‘rin - Iqboljon Ergashev. Pul mukofoti 10 mln so‘m.
"Eng zotdor novvos (buqa)" nominatsiyasi:
1-o‘rin - Akmaljon Yusupov. Pul mukofoti 30 mln;
2-o‘rin - Ulug‘bek Sheraliyev. Pul mukofoti 20 mln;
3-o‘rin - Akmaljon Ibragimov. Pul mukofoti 10 mln.
"Eng zotdor ot" nominatsiyasi:
1-o‘rin - Nosirjon Rajabboyevga. Pul mukofoti 30 mln;
2-o‘rin - "Chashmai safed" MChJ vakillari. Pul mukofoti 20 mln so‘m;
3-o‘rin - "Yangiqo‘rg‘on chorvador" fermer xo‘jaligi. Pul mukofoti 10 mln so‘m.