TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Yomg‘irning o‘zi daraxtlarni qutqarib qololmaydi. Bu haqda iqlimshunos ekspert Erkin Abdulahatov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.
“Oldin daraxt ekilgan va o‘zidan o‘zi ko‘karib ketavergan. Endi biz shu narsani o‘rgandik. Oldinlari yomg‘ir ko‘p yoqqanmikin dedik, qarasak, yomg‘ir hozir ko‘p yog‘apti. Hozir biz ko‘rib turgan daraxtlar 60-80-yillarda ekilgan, ular o‘tqizilgan paytda yomg‘ir kam yoqqan”, — dedi Erkin Abdulahatov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yillik yomg‘ir 350 mm bo‘lgan, hozir 440 mm, ya’ni 100 mm ko‘p yog‘moqda.
“Lekin oldinlari daraxt ekilganda birinchi yil suv bersangiz, ikkinchi yil shart bo‘lmagan. Ular ildizi yer ostiga ulanib ketgan va o‘zini ushlab ketgan. Hozir eksangiz va kamida 5-yil suv bermasangiz, qurib qoladi. Daraxtlarni yo‘qotishimiz oqibatida yer osti suvlari qochdi. Daraxtlarning o‘zi filtr vazifasini bajarib yurgan. Yer osti suvlarini chaqirib turgan. Va o‘zini atrofida gazonlarning ham namgarchiligini ko‘paytirgan”.
Mintaqada cho‘llashishning oldini olish va atmosferadagi havoni ifloslantiruvchi chang mayda zarrachalarini yo‘qotish uchun yashillilik – bu birinchi o‘rinda e’tibor beriladigan masala, deya xulosa qildi u.