TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Toshkent metrosida xizmatlar sifati oshiriladi, harakat qulayligi va xavfsizligi kuchaytiriladi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenida xizmatlar sifatini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenida xizmatlar sifatini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda metropolitendan foydalanadigan yo‘lovchilar soni 5 barobar oshib, kunlik qatnov 720 mingtaga yetdi. Kunning tig‘iz vaqtida poyezdlar kelish vaqti avvalgi 5-7 daqiqadan 2 daqiqagacha qisqardi.
“Davlat rahbari metro xizmatlari sifatini oshirish, harakat qulayligi va xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Yana yangi vagonlar olib kelib, foydalanish muddati o‘tganlarini yangilash, ikki daqiqali intervalni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Toshkent metropolitenini transformatsiya qilib, daromadini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenida xizmatlar sifatini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda metropoliten qamrovini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 32 kilometr yo‘l qurildi, 21 ta yangi stansiya ishga tushirildi. 15 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Yangi yo‘nalishlar poytaxtning Yashnobod, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Yunusobod tumanlaridan o‘tib, aholining kundalik qatnoviga qulaylik yaratdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq shu yil yakuniga qadar 56 ta va 2024-yil davomida yana qo‘shimcha 104 dona zamonaviy metro vagoni xarid qilinishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, yil oxiriga qadar Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va yer usti xalqa yo‘li yo‘nalishida yangi vagonlar qo‘shiladi hamda buning hisobiga oraliq interval yanada kamaytiriladi.