TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 12 mlrd 877 mln 4 ming dollarini tashkil etdi. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.
Yanvar-oktabr oylarida eksport hajmi 4 mlrd 535 mln 5 ming dollar, import hajmi esa 8 mlrd 342 mln dollarga yetdi.
Tashqi savdo aylanmasining katta qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi — 7 mlrd 930 mln dollar (2022 yilning shu davri uchun 7,5 milliard dollar). Shundan, eksport 2 mlrd 668 mln 2 ming dollarga, import esa 5 mlrd 261 mln 8 ming dollarga teng bo‘ldi.
Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 3 mlrd 592 mln 4 ming dollarni tashkil etdi. Shundan, eksport - 1 mlrd 165 mln dollar, import esa 2 mlrd 427 mln dollar.
Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 814 mln dollarni tashkil etdi. Shundan, eksport - 566 mln dollar, import esa, 247 mln dollar.
Belarus bilan tashqi savdo aylanmasi 508 mln dollarni tashkil etdi. Shundan, eksport 109 mln dollar, import esa, 398 mln dollar.
Armaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 33 mln dollarni tashkil etdi. Shundan, eksport - 26 mln dollar, import esa, 6 mln dollar.
Qayd etilishicha, YeOIIning a’zo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iz Respublikasi) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi ta’minlangan bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning yetti oyi davomida 8,7 milliard dollarni tashkil etgan edi.