Jahon banki O‘zbekistonning elektron tijoratga tayyorgarlik indeksini ishlab chiqdi

Jahon banki tomonidan tayyorlangan indeks respublikaning har bir hududining elektron tijoratga tayyorligini ko‘rsatadi.
Sputnik
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Jahon banki O‘zbekistonning elektron tijoratga tayyorgarlik indeksini ishlab chiqdi. Uni shu yil oxirigacha nashr etilish rejalashtirilgan. Bu haqida Jahon bankining elektron tijorat bo‘yicha eksperti Ilhom Aliyev ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston.
Toshkentda Xalqaro PLAS-forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda qayd etilishicha, Jahon banki tomonidan tayyorlangan indeks respublikaning har bir hududining elektron tijoratga tayyorligini ko‘rsatadi.
Masalan, dastlabki natijalarga ko‘ra, Toshkent eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bo‘lsa, Surxondaryo viloyatida kamroq tayyorgarlik ko‘rilgan.

"Tahlil qilishda mutaxassislar, masalan, iste’molchilarning ko‘nikmalari, internetga kirish va tovarlarni etkazib berish kabi ko‘rsatkichlarni hisobga olishgan", — dedi Aliyev.

Indeksni tuzish ustida Rossiya Oliy Iqtisodiyot maktabi, Garvard biznes maktabi, Xitoy elektron tijorat assotsiatsiyasi va Toshkentdagi Vestminster universiteti ishtirokida xalqaro ekspertlar guruhi ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Jahon banki rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiya doirasida O‘zbekistonga mablag‘ ajratishni ma’qullagan edi. Unda O‘zbekiston hukumatiga 470 million dollar miqdoridagi imtiyozli kreditlar va 480 million dollar miqdoridagi past foizli kreditlarni o‘z ichiga olgan moliyaviy paket shaklida taqdim etilishi nazarda tutilgan.
Elektron tijoratda shartnoma imzolash tartibi belgilandi
Shuningdek, shu yil Jahon banki Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida chorvachilikni rivojlantirish uchun 1 mln 600 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratdi. Mazkur mablag‘ Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining Ohangaron bo‘limiga ajratiladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda elektron tijorat uchun "o‘yin qoidalari"ga ehtiyoj tug‘ilmoqda — YeIK