Davlat ulushiga ega banklar xususiylashtiriladi

Banklarning xalqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorli kuchaytiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Davlat ulushiga ega banklar xususiylashtiriladi. Bu haqida O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Yig‘ilishda bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokama qilindi.
Bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, davlat ulushiga ega banklarni xususiylashtirishga tayyorlash, ularning qimmatli qog‘ozlarini “IPO”ga chiqarish, sohaga tajribali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.
“Xalqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytirib, banklarning reytingini oshirish bo‘yicha o‘rta muddatli chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, sohada kadrlar tayyorlash tizimini zamon talablariga moslashtirish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda bank rahbarlari transformatsiya va xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish, xodimlarni o‘qitish, sohada ilg‘or IT yutuqlarni joriy qilish bo‘yicha rejalarini aytdi.
Aytilishicha, har bir bank o‘zi sarmoya kiritgan loyihalarni chuqur tahlil qilib, ishga tushishini kuzatib borishi, hududlar va sohalarda samardorligi yuqori bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishi zarur.
Ma’lumot uchun, so‘nggi uch yilda banklar kapitali 1,8 baravarga, yillik kredit ajratish hajmi 2 baravarga ko‘paydi. 4 ta bank ilk bor “yevrobond” chiqarib, xalqaro kapital bozorlaridan 1 milliard dollar resurs olib keldi.
Ipoteka-bankka strategik xorijiy investor jalb qilindi. 13 ta yangi xususiy bank tashkil etildi, Vengriya, Qozog‘iston va Gruziyaning nufuzli banklari mamlakatdafaoliyat boshladi. Onlayn bank xizmatlari hajmi 2,7 barobarga oshdi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 % darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Eslatib o‘tamiz, endi O‘zbekiston banklari va brokerlari Rossiya valyuta bozorida savdo qilishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Yangi Sheriklik dasturini qabul qilishi kutilmoqda.
Prezidentning PQ-292 sonli qarori bilan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida Biznesni rivojlantirish banki tashkil etildi.
Oktabr oyida Markaziy bank (MB) kreditlar haqidagi ma’lumotlarni yashirgan 16 ta tijorat bankini jarimaga tortgan edi.