"Munosabatlar bir tomonlama bo‘lishi mumkin emas. Ozarbayjon tomonidan ham xuddi shunday yondashuv qo‘llaniladi. Bunday sharoitda biz AQSh vakillarining Ozarbayjonga yuqori darajadagi tashriflarini ham nomaqbul deb bilamiz", - deya ta’kidlanadi Ozarbayjon TIV bayonotida
2023 yil 19-sentabrda Ozarbayjon Qorabog‘da harbiy operatsiya boshladi, uning maqsadi — Qorabog‘ning barcha tan olinmagan boshqaruv organlarini tarqatib yuborish edi.
Yerevan bu harakatlarini bosqinchilik sifatida baholab, Qorabog‘da arman bo‘linmalari yo‘qligini aytdi. Bir kun o‘tgach, Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, sulh shartlari orasida, xususan, arman tuzilmalarini qurolsizlantirish belgilandi.
Shundan so‘ng Qorabog‘ va Boku vakillari o‘rtasida mintaqani respublika tarkibiga qo‘shishga bag‘ishlangan bir necha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklaganini aytdi.
Tog‘li Qorabog‘ bundan 35-yil avval Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqqanini e’lon qilgan va 1992-1994 yillardagi Ozarbayjon bilan qurolli to‘qnashuvdan so‘ng uzoq yillar tan olinmagan respublika edi. Tog‘li Qorabog‘ respublikasi ma’muriyati 2024-yil 1-yanvarda o‘z faoliyatini rasman yakunlaganini e’lon qildi.
Tog‘li Qorabog‘ aholisiga, jumladan, undan tashqarisida bo‘lganlarga Ozarbayjon taqdim etadigan reintegratsiya shartlari bilan tanishib chiqish taklif qilinmoqda. Mintaqada qolish yoki qolmaslik to‘g‘risidagi qarorni har bir kishi mustaqil qabul qiladi.