“2023 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida sayyohlar oqimining barqaror o‘sishi xalqaro hamkorlik muvaffaqiyatlar garovi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Hozirda to‘rtta kurort tomonidan ishlab chiqilayotgan Yevroosiyo ittifoqi keyingi o‘n yillikda va uzoq muddatda Yevroosiyo qit’asida tog‘ turizmini barqaror rivojlantirish uchun strategik imkoniyatlar yaratadi”, — deya qayd etdi "Rosa Xutor" kurorti bosh direktorining o‘rinbosari Sergey Xvorostaniy.
“Men O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurganman va aynan mana shu jihatni alohida ta’kidlashni istardim, buni e’tiborga olish kerak. Masalan, bir kunlik sayyohlar "Amirsoy" tog‘ kurortiga ko‘pincha bir necha marta kelishadi, ya’ni ular bu yerda munosib xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu kabi jihatlar, albatta, qabul qilinishi mumkin va qabul qilinishi kerak”, — dedi Xvorostaniy.