O‘zbekistonga Kaluga viloyati biznesmenlari delegatsiyasi keladi

Biznes delegatsiyaning tashrifi joriy yilning 21-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiyaning Kaluga viloyatining oziq-ovqat sanoati, metall konstruksiyalari, vibropresslar ishlab chiqarish va sanoatning turli yo‘nalishlarida loyihalash bo‘yicha faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari O‘zbekistonga biznes missiyasi bilan keladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.
Delegatsiya tarkibiga hududdagi to‘rtta yetakchi korxona kiradi:
"Partnyor M" AJ - oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, shu jumladan, vegan mahsulotlar sohasi uchun;
"ETEK" MChJ - plastmassa buyumlari, metall konstruksiyalar, maxsus uskunalar, shu jumladan suv ta’minoti va kanalizatsiya uchun uskunalar ishlab chiqarish;
"KZMI SNAB" MChJ - palletli invertorlar, gidravlik ko‘tarish stollari, vibropresslar va konveyer uskunalari ishlab chiqarish;
"Obninsk Stal Proyekt" MChJ - turli sanoat tarmoqlarida loyihalash.
Biznes delegatsiyaning tashrifi joriy yilning 21-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 15-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Arxangelsk viloyati gubernatori Aleksandr Sibulskiy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi.