TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Rajabov Bunyod Madirimovich Urganch shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Bunyod Rajabov tayinlovga qadar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.