“Dunyo taraqqiyotining hozirgi bosqichining ustun tendensiyasi xalqaro huquq ustuvorligiga asoslangan yangi, adolatli dunyo tartibini shakllantirishdir. Rossiya Yevroosiyoda yagona tinchlik, barqarorlik va farovonlik makonini yaratishni — ushbu jarayonning ajralmas bo‘lagi deb hisoblaydi”, - dedi Rossiya rahbari.
Ma’lumki, Yevroosiyo Yer sharidagi eng katta qit’a va u yerda eng ko‘p aholi yashaydi - butun insoniyatning uchdan ikki qismi. Shuningdek, Yevroosiyoda tabiiy resurslarning ulkan zaxiralari jamlangan - neft va gazdan tortib chuchuk suv va unumdor yerlargacha. Agar ushbu ulkan qit’ada chegara va bojlar viza rejimi va o‘zaro ishonchsizlik bo‘lmasa, uning barcha qismi bir-biriga bog‘lanib, bir-birini to‘ldirib tursa, bu barcha Yevroosiyo xalqlari uchun foydali bo‘lardi. Yevroosiyo butun insoniyatning kuchli rivojlanish lokomotiviga aylanar edi.
“Katta Yevroosiyo hamkorligi” g‘oyasi ilk bor Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 2015-yil oxirida ilgari surilgan edi. Uning asosiy mazmuni — bunday hamkorlikda birinchi qadamlar siyosiy yoki harbiy sohada emas, iqtisodiy sohalarda qo‘yilishi kerak.
O‘tmishda ham Yevroosiyoni birlashtirishga urinishlar bo‘lgan. Chingizxon imperiyasi qurol yordamida va Buyuk Ipak yo‘li — savdo orqali. Qurol va zo‘ravonlik bilan tuzilgan birlik o‘nlab yillar davom etgan bo‘lsa savdo va iqtisodiy aloqalar yuzlab va minglab yillar davom etgan.