Zalujniyning yordamchisi sovg‘a qilingan granata portlashi oqibatida halok bo‘ldi

Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Zalujniy yordamchisining o‘limi tafsilotlarini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Kiyev viloyatidagi o‘z uyida granata portlashi oqibatida Ukraina qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning yordamchisi Gennadiy Chastakov halok bo‘ldi, deb xabar qildi Ukraina Ichki ishlar vaziri Igor Klimenko. RIA Novosti.
Chastakovning o‘g‘li esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Ma’lum qilishicha, Chastakovning o‘limiga sabab bo‘lgan granatani unga hamkasbi sovg‘a qilgan.

“O‘tkazilgan dastlabki tergov harakatlari natijasida fojianing dastlabki holatlarini aniqlash mumkin bo‘ldi. Halok bo‘lgan mayor Chastakovning tug‘ilgan kuni bo‘lgan. U ishdan uyiga hamkasblarining sovg‘alarini olib qaytgan va ularni oilasiga ko‘rsata boshlagan. U granatalari bor sovg‘a qutisini chiqarib, o‘g‘liga o‘q-dorilardan birini ko‘rsata boshlagan. O‘g‘il granatani qo‘liga olib, halqasini buray boshlagan. Shundan so‘ng harbiy xizmatchi granataning halqasini chiqarib yuborgan va portlash yuz bergan”, — deb yozdi Klimenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu G‘arb uslubidagi yangi granatalar edi". Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, kvartirada yana beshta portlamagan granata topilgan, ular ekspertiza uchun yuboriladi.
Politsiya Chastakovga shunday sovg‘ani bergan harbiyni aniqlagan.
"Uning kabinetida allaqachon tintuv o‘tkazilgan va yana ikkita shunga o‘xshash granata olib qo‘yildi. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda", - dedi vazir.