TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Xorazm viloyatining Tuproqqal’a, Qo‘shko‘pir va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shuhrat Ahmedov Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Shuxrat Axmedov
© press-slujba xokimiyata Xorezmskoy oblasti
Shuhrat Ahmedov 2023-yilning aprel oyidan buyon Tuproqqal’a tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Uning o‘rnini Akmal Jimalyazov egalladi. Akmal Jimalyazov tayinlovga qadar viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Akmal Jimalyazov
© press-slujba xokimiyata Xorezmskoy oblasti
Xalq deputatlari Shovot tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Oybek Xolboyev Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Oybek Xolboyev
© press-slujba xokimiyata Xorezmskoy oblasti
Oybek Xolboyev 1974-yil 15-sentabrda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Urganch davlat universitetini tamomlagan.
2014 yilda Shovot tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi, 2014−2017 yillarda tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, 2017−2018 yillarda Xorazm viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i, 2018−2019 yillarda Bog‘ot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi, so‘ngra hokimi bo‘lib ishlagan.
Tayinlovga qadar u 2019-yildan buyon Urganch shahri hokimi bo‘lgan.