TOShKENT, 07 noya — Sputnik. Toshkentdagi yangi yo‘l o‘tkazgich tanklar yordamida sinovdan o‘tkazildi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Bobur ko‘chasi va Toshkent xalqaro aeroportini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgichning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakuni bo‘yicha sinov o‘tkazildi.
"Sinovga ko‘ra 4 ta avtotreylerga (har biri 35 tonna) 4 ta harbiy tank (har biri 40 tonna) yuklanib yo‘l o‘tkazgichga umumiy 300 tonna yuklama berildi", — deyiladi xabarda.
Vazirlik xabarida yozilishicha, sinov natijalarida yo‘l o‘tkazgich ekspluatatsiya davridagi yuklamaga nisbatan ko‘proq yuklamaga muvaffaqiyatli bardosh bergan va mustahkam ekanligini isbotlagan.