Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya artilleriyasi Krasniy Liman yo‘nalishida Ukraina QKga zarba berdi

Markaziy harbiy okrugi Krasniy Liman yo‘nalishida Ukraina qurolli kuchlariga zarba berdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari Krasniy Liman yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlari va texnikasi to‘plangan hududlarga zarba berdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Razvedka bo‘linmalaridan dushmanning joylashuvi to‘g‘risida ma’lumot olib, ekipaj jangovar hududga yetib keldi. Jangovar transport vositasini harakat holatidan jangovar holatga o‘tkazish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirgandan so‘ng, artilleriyachilar 122 mm kalibrli raketalar bilan 10 kilometrga yaqin masofada dushmanni yo‘q qildi”, — deyilgan xabarda.
Dushanba kuni Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar bir kun ichida Ukraina qo‘shinlarining to‘qqizta hujumini qaytarganini, Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari esa 860 nafar askarni tashkil etganini ma’lum qildi.